Новости | Ispaniyada mingdan ortiq erkak “Taxtlar o‘yini” serialida suratga tushish niyatida navbatga turdi



Ispaniyada mingdan ortiq erkak “Taxtlar o‘yini” serialida suratga tushish niyatida navbatga turdi

So‘nggi yillarning eng mashhur seriallardan biri hisoblangan “Taxtlar o‘yini”ning tasvirga olish jarayonida ishtirok etish umidida Ispaniyaning Basklar o‘lkasidagi Sumaya shaharchasida mingdan ortiq erkak navbatga turdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bir muddat avval teleserialning Basklar o‘lkasida 24-oktabrdan boshlab olti kun davomida olinadigan ommaviy sahnalarida ishtirok etish istagidagilar uchun kasting e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.

Kasting tashkilotchilari 20—50 yosh oralig‘ida, sportchilarga xos qad-qomatga ega, bo‘yi 1,78—1,95 metr oralig‘ida bo‘lgan, harbiy tayyorgarligi bor va sezilarli tatuirovkalari bo‘lmagan, soqolini oldirib tashlash yoki o‘stirishga rozi erkaklarni saralab olish niyatida edi.

Serialning ommaviy sahnalarida qatnashgan har bir havaskor “aktyor”ga kuniga 54 yevrodan pul va’da qilingan. Kasting Sumayadagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan. Tashkilotchilar barcha talablarga javob bera oladigan dastlabki 200 kishini saralab olishini oldindan ma’lum qilgan bo‘lsa-da, salqin iqlim sharoitiga qaramay, ba’zi ko‘ngillilar butun tunni madaniyat uyi oldida o‘tkazgan.

HBO telekanalining dramatik “Taxtlar o‘yini” seriali Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” romanlar turkumiga asoslangan holda suratga olinmoqda. AQSh televideniyesi tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri hisoblangan serialning birinchi fasli taqdimoti 2011-yil 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Рейтинг: •
+-
Qo`shdi: Admin
Qo`shilgan sana: 11.01.2017 / 01:20
Комментарии (0)
Реклама
www.Xitmusic.uz Birinchi musiqiy multimedia portali
Анализ сайта www.xitmusic.uz Яндекс.Метрика