Новости | Payme Telegram botlari orqali to‘lov tizimi ishga tushirilishini tasdiqladi



Payme Telegram botlari orqali to‘lov tizimi ishga tushirilishini tasdiqladi

“O‘zbekistonda Bot Payments tizimi yaqin vaqt ichida ishga tushiriladi. Ayni paytda Telegram mutaxassislari bilan hamkorlikda yakuniy texnik ishlar ketmoqda, ― dedi Paycom (Paycom va Payme savdo belgilari) bosh direktori Daniya Usmanova. ― Bot yaratuvchilari Payme’ning yuridik shaxslar uchun yo‘nalishiga — Paycom tizimiga ulanishi, kabinetda ro‘yxatdan o‘tishi va botni ishga tushirishi lozim bo‘ladi. Ilgari Telegram botlari orqali buyurtma qilingan hamkorlarimiz ‘Chopar’ va Evos tovarlarini yetkazib berish uchun to‘lovlar yo‘lga qo‘yilgan edi. U holatda xaridor to‘lovni Payme dasturi orqali amalga oshirishi zarur edi. Hozirgi integratsiya esa buni bevosita Telegram dasturida amalga oshirish imkonini beradi. Bunda karta ma’lumotlari xavfsizligining barcha standartlariga rioya etiladi”.

Eslatib o‘tamiz, Telegram messenjeri ishga tushirgan Bot Payments onlayn to‘lovlar servisi mobil dastur orqali tovar va mahsulotlarga to‘lov kiritish imkonini beradi.

Xizmat Telegram 4.0 va undan yuqori versiyalarda ishlaydi. Endi tovar va xizmatlar taklif qiluvchi botlarda o‘z xabarlariga Pay tugmasini qo‘shish imkoniyati tug‘ildi. U bosilganidan so‘ng xaridorlarga ma’lumotlarni kiritish va to‘lovni tasdiqlash taklif etiladi.

Barcha to‘lovlar bevosita bot yaratuvchisiga borib tushadi. Messenjer xaridor va to‘lov tizimi o‘rtasida vositachi bo‘ladi. Telegram tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov uchun komission pul olmaydi. Telegram to‘lovlarni ishlamasligi bois personal ma’lumotlarga ham egalik qilmaydi.

Hozirda to‘lovlarning katta qismi Stripe to‘lov tizimi yordamida qabul qilinmoqda, ammo yaqin kunlar ichida to‘lovlar Hindiston uchun RazorPay, Nigeriya, Keniya, Gana, JAR va Ugandada FlutterWave va boshqa 190 dan ortiq davlatda PaymentWall yordamida amalga oshirila boshlanadi.
Рейтинг: •
+-
Qo`shdi: Admin
Qo`shilgan sana: 30.05.2017 / 05:18
Комментарии (0)
Реклама
www.Xitmusic.uz Birinchi musiqiy multimedia portali
Анализ сайта www.xitmusic.uz Яндекс.Метрика