Новости | Apple BAAda batareyalardagi nosozlik sabab salkam 90 ming iPhone’ni chaqirib oladi



Apple BAAda batareyalardagi nosozlik sabab salkam 90 ming iPhone’ni chaqirib oladi

Apple Birlashgan Arab Amirliklarida batareyalardagi nosozliklar sababli 88 700 ta iPhone 6s smartfonini chaqirib oladi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Qaytarib olish bo‘yicha kampaniya BAA iqtisodiyot vazirligi ko‘rsatmasiga asosan, Apple bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yil sentabridan oktabriga qadar chiqarilgan smartfonlar turkumi ularning to‘satdan o‘chib qolishga olib keladigan batareyalardagi nosozliklarga ega ekan.

Mazkur smartfonlar hech qanday xavf tug‘dirmaydi, ularni qaytarib olish yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida ma’lumot to‘plash va nosoz qismlarni almashtirish uchun amalga oshirilmoqda.
Рейтинг: •
+-
Qo`shdi: Admin
Qo`shilgan sana: 08.02.2017 / 11:25
Комментарии (0)
Реклама
www.Xitmusic.uz Birinchi musiqiy multimedia portali
Анализ сайта www.xitmusic.uz Яндекс.Метрика